Evanjelin Foks o‘zining baxtli yakunini izlab Ajoyib Shimolga yo‘l oldi va go‘yoki bunga erishdi ham. U kelishgan shahzodaga turmushga chiqib, afsonaviy qasrda yashamoqda. Biroq Evanjelin bu ertaknamo hayot evaziga qanday dahshatli badal to‘laganidan mutlaqo bexabar. U nimani yo‘qotganini bilmaydi, turmush o‘rtog‘i esa uning buni hech qachon bilmasligini ta’minlashga qat’iy ahd qilgan... ammo buning uchun avvalo u Jeksni — Yuraklar shahzodasini o‘ldirishi kerak.

