Ushbu ilikon telefon g‘ilofi smartfoningizni kundalik tashqi ta’sirlardan himoyalash bilan birga, uning original dizaynini to‘liq saqlab qolish uchun ishlab chiqilgan. G‘ilof yumshoq va egiluvchan silikon materialdan tayyorlangan bo‘lib, telefon korpusiga zich joylashadi va ishlatish jarayonida noqulaylik tug‘dirmaydi.
Orqa va yon qismlarni to‘liq qoplaydi, tirnalishlar, chang va mayda zarbalardan himoya qiladi. Kamera bloki atrofidagi ko‘tarilgan qismi telefonni tekis yuzaga qo‘yilganda linzalarning bevosita tegib ketishidan saqlaydi. Bu esa kamera sifati va tashqi holatini uzoq vaqt davomida yaxshi saqlashga yordam beradi.
Tugmalar va portlar uchun aniq kesmalar mavjud bo‘lib, barcha funksiyalardan bemalol foydalanish imkonini beradi. G‘ilof yengil, yupqa va qo‘lda qulay bo‘lib, kundalik foydalanish uchun juda mos.

