ABS sensori (Anti-lock Braking System sensori) — avtomobilning xavfsizlik tizimida muhim rol o‘ynaydi. U har bir g‘ildirakning aylanish tezligini doimiy ravishda kuzatadi va bu ma’lumotlarni elektron boshqaruv blokiga uzatadi. Agar tizim tormoz paytida biror g‘ildirakning bloklanish xavfini aniqlasa, ABS tizimi avtomatik tarzda tormoz bosimini kamaytiradi va mashinaning sirpanishini oldini oladi.
ABS datchiklari induktiv yoki magnit turda bo‘ladi. Ular ko‘pincha g‘ildirak yaqinida yoki markaziy uzatma tizimida joylashadi.

