Chevrolet Cobalt uchun tuning old fara original fara asosida tayyorlangan bo‘lib, zamonaviy dizayn va kuchli yoritishni birlashtiradi.
Fara qora rangda ishlangan bo‘lib, avtomobilga yanada zamonaviy va premium ko‘rinish beradi. 3 dyuymli RGB maska o‘rnatilgan va unda 210 ta yoritish funksiyasi mavjud. RGB yoritishni smartfondagi ilova orqali boshqarish mumkin — ranglarni almashtirish va turli yorug‘lik effektlarini tanlash imkoniyati mavjud.
Asosiy yoritish uchun 80W quvvatga ega BiLED Zimmer R80 moduli o‘rnatilgan. U yo‘lni yorqin va aniq yoritishga xizmat qiladi.
Fara Chevrolet Cobalt uchun maxsus tayyorlangan va original optikaning shakli saqlangan.

