• IP68
• Yuqori Sifatli Aluminiy
• Zanglashdan yuqori himoya
Konnektor – bu quyosh panellarini bir-biriga yoki tarmoq inverteriga ulashda ishlatiladigan, suv va changdan himoyalangan maxsus ulagich. U yuqori kuchlanish va tokka bardoshli bo‘lib, o‘rnatishda tez va oson ulanadi. Konnektorlar UV nurlanishiga chidamli materialdan tayyorlangan.
Stopor halqa va markaziy shayba – bu quyosh panelining konstruksiyaga qattiq va xavfsiz tarzda mahkamlanishini ta’minlaydigan metall aksessuarlar bo‘lib, ular tebranish va shamol ta’sirida panelning siljib ketishini oldini oladi. Korroziyaga chidamli materialdan tayyorlanadi.
Qirra ushlagich – bu quyosh panelining chekka qismlarini montaj tizimiga mustahkam o‘rnatish uchun xizmat qiladigan element bo‘lib, u panelni joyidan siljishidan himoya qiladi. U yengil, zanglamaydigan metall materialdan yasalgan va panelni silliq siqib turadi.

