Bog'lamchali kop martalik So'lakchalar chaqaloqlar uchun kerakli narsadir. Kichkintoyning ovqatlanish jarayonida kiyimlari toza qoladi va ona har bir oziqlantirishdan keyin kiyimni almashtirishga majbur bo'lmaydi. So'lakchalar suv o'tkazmaydigan, bu bolaning ko'ylagida suv, ovqat dog'lari yoki sharbat suyuqliglari bo'lishiga yo'l qo'ymaydi. Material zararsiz so'lakcha yosh bolalar uchun
Farzandingiz kiyimlari doimo toza va quruq tursin!
Kichkintoylar va chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan ikki qavatli so‘lakchin (nagrudnik) — bu har bir onaning eng yaqin yordamchisidir. U bolajonlarning emishi, tish chiqishi (so‘lak oqishi) davrida va mustaqil ovqatlanishni boshlagan ilk kunlaridanoq kiyimlarni yuz foiz himoya qiladi.
Nega aynan ushbu so‘lakchinni tanlashadi?
- 2 qavatli maksimal himoya tizimi:
- Ustki qavat (100% paxta): Yumshoq va tabiiy matodan ishlangan. U har qanday suyuqlikni (so‘lak, sharbat, bo‘tqa) o‘ziga tez shimib oladi, bolaning nozik terisiga allergiya yoki qichishish bermaydi.
- Orqa qavat (Polietilen himoya): Maxsus suv o‘tkazmaydigan kleonka qatlamidan iborat. U shimilgan namlikni ichkariga yutadi va bolaning kiyimiga mutlaqo o‘tkazmaydi.
- Xavfsiz va gigiyenik individual qadoq: Har bir so‘lakchin alohida polietilen paket bilan himoyalangan. Bu mahsulot sizgacha mutlaqo toza, chang va namlikdan xoli holatda, gigiyena qoidalariga to‘liq mos ravishda yetib borishini ta'minlaydi.
- Qulay bog‘ichlar: Orqa qismidagi iplari yordamida bolaning bo‘yin o‘lchamiga moslab osongina bog‘lanadi. Tugmachalardan farqli ravishda, ipli bog‘ichlar bolani siqib qo‘ymaydi va harakatiga xalaqit bermaydi.


