O‘g‘il bolalar uchun zamonaviy kombinezon
Kichkina o‘g‘il bolalar uchun nafis va zamonaviy dizayndagi kombinezon.
Bej va oq ranglarning chiroyli uyg‘unligi mahsulotga muloyim, klassik va bayramona ko‘rinish beradi.
Modelning yuqori qismi oq yoqali ko‘ylak uslubida ishlangan bo‘lib, ustki qismidagi bej rangli nimcha dizayni kombinezonga o‘ziga xos va zamonaviy ko‘rinish bag‘ishlaydi.
•Old qismidagi chiroyli babochka esa kichkina bolakay obrazini yanada nafis va yoqimli qiladi.
Nimcha qismida sifatli dekorativ tugmalar va kichik naqshli cho‘ntak mavjud. Cho‘ntakdagi nafis bezak mahsulot dizaynini yanada boyitadi.
Kombinezonning oyoq qismi qulay fasonli bo‘lib, bolaga erkin harakat qilish imkonini beradi. •Pastki qismidagi pistonli yopilish kiyintirish va yechintirishni osonlashtiradi. Ayniqsa, taglik almashtirishda juda qulay.
Ushbu kombinezonni tug‘ilgan kun, mehmondorchilik, bayram, fotosessiya yoki boshqa maxsus kunlarda kiyintirish mumkin.
Chiroyli dizayni va klassik uslubi tufayli kichkina shahzodacha uchun juda yoqimli obraz yaratadi.

