Chaqaloqlar uchun paxtali kombinezon, o'g'il va qiz bolalar uchun mos.
Yorqin va quvnoq jo'jacha alohida tikilgan kuzchalari ajralib turuvchi chaqaloqlar kombinezoni. paxtali matosi bolaning nozik terisini qizitmaydi va qichishish bermaydi. Tugmalari yonbosh va pastki qismida qulay joylashgan.
Chaqalog'ingiz uchun yumshoq va tabiiy paxtadan tayyorlangan kombinezon. Yoqasidagi nozik pushti hoshiyasi, naqshli bantik va yozuvlari bilan qizingizga alohida chiroy bag'ishlaydi. Tugmalari qulay joylashgani sababli kiyintirish va taglikni (pampers) almashtirish oson.
Ikki xil rang (binafsha va oq) uyg'unligida ishlangan chaqaloqlar kombinezoni. Bantik va quyoshcha printli detallari bilan yoqimtoy ko'rinadi. Kunlik kiyish va uyda qulay uxlash uchun mos.
Klassik va tartibli uslubni xush ko'ruvchilar uchun yoqali hamda naqshli kombinezon. Havorang va qaymoq rang uyg'unligi bolangizga o'zgacha shinamlik bag'ishlaydi. Suratga tushish (fotosessiya), mehmondorchilik va kundalik sayrlar uchun mos keladi.
Yelkalarida yoqimtoy quyon quloqchalari bo'lgan yumshoq binafsha rangli chaqaloqlar kombinezoni. Bolangiz terisiga zarar yetkazmaydigan nafas oluvchi paxtadan tayyorlangan. Tugmalari to'liq ochiladi, bu esa taglikni tez va oson almashtirishga yordam beradi.
Material: Yumshoq paxta, teriga zararsiz va nafas oluvchi
Mavsum: Bahor, kuz, qish (uy ichida va sayr uchun)
Bichimi: Qulay va harakatni cheklamaydi
Tugmalari: Old tomondan to'liq tugmali (knopkali)

