Yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun 6 tasi 1 da gigiyena va parvarish to'plami
Kichkintoyingiz uchun eng zarur bo'lgan parvarish vositalari endi bitta qulay to'plamda! Ushbu komplekt chaqaloqning nozik tirnoqlarini xavfsiz olish, sochlarini avaylab tarash va uymuiy gigiyenasini ta'minlash uchun maxsus ishlab chiqilgan.
O'g'il bolalar va qiz bolalar uchun ko'k hamda pushti ranglarda mavjud. Sifatli va xavfsiz materiallardan tayyorlangan bo'lib, yangi tug'ilgan go'daklar uchun mutlaqo beziyondir. Tug'ruqxonadan chiqishga (vipiska) yoki chaqaloqli xonadonlarga borganda eng foydali va chiroyli sovg'a bo'la oladi.
To'plam tarkibiga nimalar kiradi?
* Xavfsiz qaychi: Uchi yumaloq qilib ishlangan, chaqaloq to'satdan qimirlab ketsa ham barmoqchalariga shikast yetkazmaydi.
* Tirnoq olgich (Kusachka): Chaqaloqlarning kichkina tirnoqlarini bitta bosishda tekis va og'ritmasdan oladi.
* Tirnoq egovchi (Pilka): Olingan tirnoqlarning o'tkir chetlarini silliqlab, bolakay o'zini tirnab olishining oldini oladi.
* Yumshoq cho'tka (Shetka): Chaqaloqning nozik sochlarini tarash va bosh terisidagi qazg'oqlarni (gnyays) og'ritmasdan tozalash uchun ideal.
* Taroq: To'g'ri tishli, ammo uchlari yumaloq bo'lib, bosh terisini shikastlamaydi.

