Bug‘doydan tayyorlangan tabiiy to‘ldirgichli yostiqcha chaqaloqning qornini muloyim isitish va ichakdagi gazlarni chiqarishga yordam berish uchun mo‘ljallangan. Yengil iliqlik qorin mushaklarini bo‘shashtiradi va chaqaloqqa qabziyat paytida ham yordam beradi.
Ustki qismi 100% paxtadan tayyorlangan bo‘lib, chaqaloqqa noqulaylik tug‘dirmaydi va allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi.
Qo‘llash usuli:
Yostiqchani mikroto‘lqinli pechga 15–20 soniyaga qo‘ying, so‘ng uni qo‘lingizga tekkizib, haroratini tekshiring. Yostiqcha iliq ekanligiga ishonch hosil qilgach, uni chaqaloqning qorniga qo‘ying.
Agar mikroto‘lqinli pechingiz bo‘lmasa, yostiqchani gaz duxovkasida ham isitish mumkin va yuqorida ko‘rsatilgan tartibda qo‘llanadi.

