Bitta to'plam — ikkita turli xil ko'rinish! Nega faqat bitta uslub bilan cheklanish kerak? Bizning universal «3 tasi 1 da» to'plamimiz chaqalog'ingiz uchun kayfiyat yoki ob-havoga qarab ikki xil obraz yaratish imkonini beradi.
To'plam tarkibiga: nafis rangli futbolka, printli oq bodi va zamonaviy rangli «rubchik» shim kiradi. Biz faqat sifatli paxta matosidan foydalanamiz, u terini qichitmaydi va havoni yaxshi o'tkazadi. Yumshoq choklar va qulay bichim bolajoningizga kun bo'yi erkinlik beradi.

