Kichkintoyingizning shirin uyqusi va salomatligi uchun
Farzandingiz dunyoga kelgan ilk kunlardanoq unga g‘amxo‘rlik qilish — har bir onaning eng oliy maqsadi. MY PILLOW UZ mahalliy brendi aynan o‘zbek onalarining talablarini inobatga olgan holda, yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun yostiq ishlab chiqdi. Bu shunchaki ko‘rpa-to‘shak emas, balki bolangizning boshi to‘g‘ri va chiroyli shakllanishi uchun zarur bo‘lgan anatomik yostiqdir.
Nima uchun aynan MY PILLOW UZ yostiqchasi?
Ko‘pchilik onalar chaqaloqning boshi yassibosh bo‘lib qolishidan xavotir oladilar. Bizning ortopedik yostiqchamiz maxsus "kapalak" shaklida bo‘lib, o‘rtasida chuqurchasi bor.
Haqiqiy paxta va xavfsizlik
Biz bilamizki, bolalar uchun yumshoq yostiq nafaqat qulay, balki xavfsiz bo‘lishi kerak.
Har joyda siz bilan birga
Bu universal yostiqchani istalgan joyda ishlatishingiz mumkin. U oddiy kravat uchun ham, beshik uchun yostiq sifatida ham juda qulay. Ko‘chaga chiqqaningizda esa uni kolyaska ichiga qo‘ysangiz, yo‘ldagi silkinishlar bolaning boshiga ta’sir qilmaydi.
Ajoyib sovg‘a
Yaqinlaringiz farzandli bo‘ldimi? Tug‘ruqxonadan chiqishga (vipiska) yoki beshik to‘yga nima sovg‘a qilishni o‘ylayapsizmi? Chaqaloq uchun narsalar ichida eng foydalisi — bu ortopedik yostiqdir. U chaqaloqlar uchun to'plam (nabor) ichida eng kerakli buyum bo‘ladi.
MY PILLOW UZ — O‘zbekistonda mehr bilan ishlab chiqarilgan. Farzandingiz sog‘lom va baxtli ulg‘aysin!

