Chanel Tendre
Nafis, yengil va juda yoqimli mevali-gulli hamda sitrus kompozitsiyaga ega atir.
Birinchi purkalganda fresh va mayin sitrus notalari seziladi. Keyin esa aromatga nozik gullar va shirali mevali akkordlar qo‘shilib, hidni yanada nafis va ayollarga xos qiladi.
Atirning umumiy taassuroti — tozalik, yengillik, nafislik va romantik kayfiyat. Juda og‘ir yoki dimog‘ni charchatadigan hid emas, shu sababli kundalik foydalanish, ish, uchrashuv va sayr uchun juda mos.
Aromat yo‘nalishi: Mevali • Gulli • Sitrus
Xarakteri: Nafis, fresh, mayin va jozibali
Mos keladi: Kundalik foydalanish, bahor-yoz mavsumi va maxsus uchrashuvlar uchun
Agar yengil, toza va ayollarga xos nafis hid izlayotgan bo‘lsangiz, Chanel Tendre juda yaxshi tanlov.

