Abu Bakr kunyasi bilan tanilgan bu zot birinchi sakkiz musulmonning ham, Asharai Mubashsharaning ham, Xulafoi Roshidinning ham birinchisi buldilar. Xalifaliklari davomida Qur'oni karim oyatlarini birinchi bo'ilib to'platganlari uchun “Jomiul Qur'on” unvoniga sazovor bo'ganlar. Hamma Ishda Adolatni birinchi o'ringa qo'ydilar. Xalifaliklari ikki yil uch oy davom etdi. Rasulullohdan 142 ta hadis rivoyat qilganlar.Abu Bakr bilimdon, badavlat kishi bulganlar, tijorat bilan shug'ullanganlar. Boyliklarining katta qismini Alloh yo'lida sarflaganlar. Hech qachon butga siginmaganlar, ichkilikni og'izlariga olmaganlar. Islomni hech ikkilanmay qabul qilganlari va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam me'rojlarini eshitgan zahoti tasdiqlaganlari uchun “Siddiq” unvoni berilgan.
Ushbu kitobda u zotning ibratli hayotlari haqida so'z yuritiladi.
Umar ibn Xattob to'rt xalifaning ikkinchisi, xaq bilan botilni ajratib, “Foruq” laqabini olgan, jannatga kirishlikka bashorat berilgan o'n sahobaning biri. Birinchi bo'lib “Amiral Muminin” laqabini olgan xalifa. Islomga Rasululloh payg'ambar qilib yuborilishining oltinchi yili kirdilar. Hazrati Umar olim, tadbirli, dono, taqvoli, dunyoda zohid, achchik bulsa-da, haq so'z so'zlovchi kishi edilar. U kishi hammasi bulib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 539 ta hadis rivoyat qildilar. Bu zotdan bir nechta sahobalar rivoyat qilishdi. U zot rivoyat kilgan xadislardan uchta “Sahih” sohiblari uz kitoblariga kiritishgan.
Ushbu kitobda u zotning ibratli xayotlari xaqida suz yuritiladi.
Asxoblarning ulug'laridan, Asharayi mubashsharaning birlari. Xulafoyi Roshidinlarning uchinchilari. Nasablari: Usmon ibn Afon ibn Abul Oss ibn Umayya ibn Abdush Shams ibn Abdumannof ibn Kusoydir. U kishi asli quraysh toifasidan bulganlar, nasablari Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning nasablariga Abdumannof orqali birlashadi. Usmon rosiyallohu anho fil yilining oltinchi sanasida, yani eng tugri rayga ko'ra Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning tug'ilishlaridan olti yil keyin Toif shahrida tug'ilganlar.
Rasulullohga sollallohu alayhi vasallam iymon keltirib, u zot uchun har qanday fidokorlikka tayyor turganlar, butun sarvatlarini din yo'liga vaqf etgan bu zot Rasuli akram sollallou alayhi vasallamning Ruqiyya rosiyalloh anho ismli qizlariga uylanadilar. Ruqiya rosiyallou anho vafot etganlaridan so'ng Payg'ambarimizning sollalohu alayhu vasallam yana bir qizlari Ummu Gulsum roziyallohu anhoni nikohlariga oldilar. Shu bois, ikki nur sohibi "Zinnurayn" nomi bilan tarixga kirganlar.
Ushbu kitobda u zotning ibratli xayotlari xaqida suz yuritiladi.
Ustozimiz Nejati Bursali bu asarida Hz. Alining Islomga boglanganligini aytib, Hz. Alini sevadiganlarga Islomiy yashashlari juda chiroyli anglatibdilar. Umid qilamanki, bu asarning aynan shu jihatdan foydasi katta bo'ladi.
Alloh dunyo va ohirat saodatini Islomni o'rganib, tushunib, yashaydiganlarga bergandir, yana berguvchidir. Shunday bo'lishimizni tilayman.
Muhammad (sallallohu alayhi vassallam) payg’ambardan keyin dastlabki to’rt xalifa
islomning keng tarqalishiga asosiy rol o’ynagan kishilar edilar. Ularning nomlarini zikr
qilish bilangina kifoyalanib qolmay, balki ular haqida kengroq ma’lumotlar tarqatish
Islom ma’rifat ahlining burchiga aylanib qolgan.
Bu yerda zikr qilinadigan to’rt halifa haqida Muhammad (sallallohu alayhi vassallam)
payg’ambarning hadislari ham bor. “Haq taolo, - do’stlarimni butun insonlarga fazilatli
qilib yaratgan. Bu do’stlarim ichida to’rt kishi – Abu Bakr, Umar, Usmon va Alining
fazilatlarini yuqori etdi. Ularni do’stlarimni eng yaxshisi qildi”. Yana boshqa yerda
keltirilgan hadisi sharifda “do’stlarim go’yo yulduzlar singarilar. Qaysi biriga
ergashsangiz, to’g’ri yo’lni topursiz”, deydilar.
Birinchi hikoyamiz – hulafoyi roshidiyn – to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi halifalarning avvalgisi
sanalmish Abu Bakr as-Siddiq haqida.

