
Canon PIXMA G2416 — hujjatlar, rangli materiallar va kundalik chop etish ishlari uchun mo‘ljallangan 3-in-1 rangli siyohpurkagichli MFP. Qurilma chop etish, skanerlash va nusxa olish imkoniyatlarini birlashtiradi.
Canon PIXMA G2416 katta hajmdagi siyoh rezervuarlari bilan ishlashga mo‘ljallangan. Siyohni maxsus rezervuarlarga quyish orqali qurilmadan foydalanish mumkin. Bu muntazam ravishda ko‘p hujjat chop etadigan foydalanuvchilar uchun qulay.
Ichki skaner yordamida hujjat va rasmlarni raqamlashtirish, shuningdek, mavjud hujjatlarning nusxasini olish mumkin. Shu sababli alohida printer, skaner va kseroks qurilmasini xarid qilishga ehtiyoj kamayadi.
✅ Uyda hujjat va o‘quv materiallari chop etish uchun
✅ Ofis va kichik biznes uchun
✅ O‘quv markazlari va talabalar uchun
✅ Rangli hujjatlar va tasvirlar bilan ishlash uchun
✅ Kundalik Print / Scan / Copy ishlari uchun
3 ta qurilma — bitta korpusda: printer + skaner + nusxa ko‘chirgich.
A4 format bilan ishlaydi va rangli hamda oq-qora hujjatlarni chop etish imkonini beradi. Kompyuterga USB orqali ulash mumkin.

