
⚠️ Muhim eslatma!
Hurmatli xaridorlar!
Ushbu chexollarni o'zingiz o'rnatmasligingizni tavsiya qilamiz. To'g'ri va chiroyli natijaga erishish uchun chexolni avto chexol o'rnatish ustalariga (ustanovkachi) o'rnattiring.
Noto'g'ri o'rnatilgan chexol mashinaga tushmayotgandek yoki yaxshi turmayotgandek ko'rinishi mumkin. Professional o'rnatilganda esa chexol avtomobil o'rindig'iga to'liq mos tushadi va estetik ko'rinishga ega bo'ladi.
Sizning qulayligingiz va mahsulotdan maksimal darajada mamnun bo'lishingiz uchun professional o'rnatishni tavsiya qilamiz
BYD Yuan Up avtomobili uchun maxsus ishlab chiqilgan premium o'rindiq chexollari saloningizga zamonaviy ko'rinish, yuqori qulaylik va ishonchli himoya beradi.
Chexollar aynan BYD Yuan Up o'rindiqlari o'lchamlariga mos tikilgan bo'lib, avtomobil saloniga mukammal joylashadi.
Asosiy qismi yuqori sifatli, yupqa va havo o'tkazuvchi premium matodan tayyorlangan. Ushbu material yozda havoni yaxshi aylantiradi, qishda esa qulaylikni saqlab, uzoq safarlarda ham komfort yaratadi.
Old o'rindiqlarning orqa tomoni sifatli eko-ko'ja bilan qoplangan. Bu esa yo'lovchilarning oyoq izi yoki kirlarini oddiy nam mato bilan tez va oson tozalash imkonini beradi.
• BYD Yuan Up modeli uchun maxsus ishlab chiqarilgan
• Zavod o'lchamlariga 100% mos
• Yupqa va havo o'tkazuvchi premium mato
• Uzoq vaqt foydalanishga mo'ljallangan
• Orqa tomoni eko-ko'ja bilan qoplangan
• Oson tozalanadi
• Salon ko'rinishini yanada chiroyli qiladi
• O'rindiqlarni eskirish va kirlanishdan himoya qiladi
• Oq
• Qora
• Choko

