Bvlgari Tyger — o‘ziga ishonchli va xarizmatik erkaklar uchun yaratilgan aroma. Birinchi sepilganda pomelo va yorqin sitrus notalari yangilik va energiya beradi. O‘rta notalarda yumshoq yog‘och akkordlari paydo bo‘lib, aroma yanada jiddiy va chiroyli tus oladi. Asosiy bazada ambra va muskus iliq, uzoq davom etuvchi shleyf hosil qiladi. Kundalik hayotda ham, maxsus tadbirlarda ham e’tiborni o‘ziga tortadigan tanlov.

