Bu erkaklar atiri kuch va nufuzni bir hidda mujassam etadi. Tarkibidagi yorqin greyfurt notalari hidga tetiklantiruvchi va dadil ohang bag‘ishlaydi, qimmatbaho yog‘och akkordlari esa jiddiylik va ichki barqarorlikni ta’kidlaydi. Amber esa hidga muloyim issiqlik va chuqurlik qo‘shib, uni yanada esda qolarli qiladi.
Bu hid zamonaviy, oson unutilmaydigan xarakterga ega. Shleifi kuchli va uzoq davom etadi — atrofdagilar e’tiborini darhol tortadi. Bahor va qish fasllarida ayniqsa chiroyli ochiladi, kuzda esa o‘zining boy va chuqur tomonlarini namoyon qiladi.
Atir o‘ziga ishongan, karizmasi kuchli, yetakchilikni yoqtiradigan, oddiy hidlardan ko‘ra nufuzli va tanlangan aromatlarni afzal ko‘radigan erkaklar uchun yaratilgan. Rasmiy uchrashuvlar, biznes muhit, muhim tadbirlar va maxsus oqshomlar uchun juda mos.
Bu — har doim diqqat markazida bo‘lishni istaydigan, o‘z yo‘lini aniq biladigan erkaklar hidi.
Bizning flakonlarimiz ko‘rinish va dizayn jihatidan tez-tez yangilanadi, jozibali bo‘ladi,ammo atirning aromati va uzoq saqlanish xususiyati o‘zgarishsiz qoladi.

