Kraft qog'ozdan tayyorlangan mustahkam karton karobkalar – buyumlarni saqlash, qadoqlash va tashish uchun ishonchli yechim. Karobkalar sifatli 3 qavatli gofrokartondan ishlab chiqarilgan bo'lib, og'irlikka bardosh beradi, shaklini yaxshi saqlaydi va buyumlarni tashish vaqtida himoya qiladi. Tabiiy kraft rangdagi karton ekologik toza, mustahkam va uzoq muddat foydalanish uchun mos.
Mahsulot 2 dona, 5 dona va 10 dona to'plam ko'rinishida sotiladi. O'zingizga kerakli miqdorni tanlab xarid qilishingiz mumkin. Karobkalar uy ko'chirish, ombor uchun, internet do'konlari, marketplace, Uzum Market, Wildberries, Ozon, pochta jo'natmalari, posilka tayyorlash, mahsulot qadoqlash, buyum saqlash va yuk tashish uchun juda qulay.
Kiyim-kechak, poyabzal, kitob, hujjatlar, o'yinchoqlar, idish-tovoqlar, maishiy buyumlar, tekstil mahsulotlari, elektronika aksessuarlari va boshqa ko'plab buyumlarni joylashtirish uchun mos. Karobka tez yig'iladi, yig'ilganidan so'ng mustahkam turadi va ishlatilmaganda buklangan holda kam joy egallaydi.
Afzalliklari: 3 qavatli gofrokarton, sifatli kraft qog'oz, mustahkam konstruktsiya, ekologik toza material, qayta foydalanish imkoniyati, qulay yig'iladi, saqlash va tashish uchun ideal. Ombor, ofis, do'kon, ko'chish, qadoqlash, yuk jo'natish va kundalik foydalanish uchun ajoyib tanlov.

