Ushbu buklanadigan stullar ochiq havoda dam olishni xush ko'ruvchilar uchun ajoyib tanlovdir. Sayohat, lager, baliq ovi yoki piknik paytida o'zingiz bilan olib yurish juda oson, chunki ular deyarli joy egallamaydi. Konstruksiyasi mustahkam metall quvurlardan ishlangan bo'lib, yuqori vaznga bardosh bera oladi. O'rindiq matosi namlikka va eskishga chidamli. Bitta kartochka ostida siz suyanchichi bor (katta) va suyanchiqsiz (kichik) modellarni rangiga qarab tanlashingiz mumkin.

