Buklanadigan kesish taxtasi ovqat tayyorlash jarayonini yanada qulay va ozoda qiladi. Maxsus buklanish chiziqlari tufayli taxtaning yon tomonlarini ko‘tarib, mahsulotlarni to‘kish uchun qulay shakl hosil qilish mumkin.
Sabzavot, meva, go‘sht yoki ko‘katlarni kesib bo‘lgach, taxtani biroz buklab, mahsulotlarni tova, qozon yoki idishga sochib yubormasdan oson to‘kish mumkin.
Taxta yengil va amaliy PP materialidan tayyorlangan. Qulay dastagi ushlashni osonlashtiradi, dastagidagi teshik esa osib saqlash uchun mos.
Kundalik oshxona ishlari uchun qulay aksessuar.
Xususiyatlari

