• 4 tasi 1 da funksionalligi: Belkurak, arra (yon tomonida), bolta vazifasini bajaruvchi qirra va o'tkir uch.
• Material: Yuqori sifatli uglerodli po'latdan yasalgan, korroziyaga chidamli qoplama bilan qoplangan.
• Transformatsiya: Belkurak qismini 90 gradus burchak ostida qotirib, tesha (ketmoncha) sifatida ham ishlatish mumkin
• Ixchamlik: Oson buklanadi va maxsus brezent g'ilofga (chexolga) joylanadi.
• Qulay tutqich: Ergonomik kauchuklangan tutqich qo'ldan sirg'alib ketmaydi.
Sayohat, baliq ovi, ovchilik va avtomobil ishqibozlari uchun ajralmas asbob! Ushbu ixcham belkurak faqat yer qazish uchun emas, balki bir nechta asboblar vazifasini ham bajaradi. Buklanuvchan konstruksiyasi tufayli u avtomobil yukxonasida yoki sayyohlik sumkasida juda kam joy egallaydi. Mustahkam po'latdan yasalgan bo'lib, har qanday qiyin sharoitda sizga yordamga keladi.

