Tequila Leila o‘ldirildi. Uning yuragi urishdan to‘xtadi, biroq miyasi yana 10 daqiqa-yu 38 soniya davomida faoliyatini davom ettirdi. Shu qisqa lahzalarda Leyla o‘z hayoti va o‘zi kabi jamiyatdan chetlatilgan insonlar orasidan orttirgan do‘stlari haqida mushohada yuritadi.
U olis bir viloyatda, Qur’on qoidalariga ko‘r-ko‘rona amal qiladigan zolim otaning qattiqqo‘l nazorati ostida, chuqur dindor oilada voyaga yetdi. Otasining zulmiga chiday olmay, Leyla Istanbulga qochib ketdi va u yerda jinsiy ekspluatatsiya dunyosiga tortildi. Tana savdosi olamiga xos bo‘lgan shafqatsizlikka va boshidan kechirishga majbur bo‘lgan ko‘plab mashaqqatlarga qaramay, Leyla o‘zi uchun eng muhim bo‘lgan narsani — qalbi pokligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi...

