Ilashish muftasi, ilashish muftasi, burovchi momentni ichki yonuv dvigatelidan uzatmalar qutisiga uzatish uchun transport mashinalari mexanizmi. Ilashish muftasi dvigatel vali bilan transmissiya valini qisqa muddatga ajratish, uzatmalarni zarbsiz almashlab qo‘shish va mashinani joyidan ravon qo‘zg‘atishni ta’minlaydi.

