Savdo bo‘limini tashkil etish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha zamonaviy qo‘llanma. Ushbu kitobda bayon etilgan usullar, taktika va texnologiyalarni joriy etish savdo hajmining ham sifat, ham miqdor jihatidan o‘sishi orqali kompaniya daromadini oshirishga yordam beradi.
- Xodimlarga qancha haq to‘lash kerak va to‘lovlar aynan nima uchun amalga oshiriladi?
- Sotuvchilarni qanday ishga olish va ularni qanday boshqarish lozim?
- Rag‘batlantirish tizimi nimaga bog‘liq bo‘lishi kerak?
- Savdo bo‘yicha muloqot ssenariylarini qanday tuzish mumkin?
- Bitimni muvaffaqiyatli yakunlash uchun nima deyish kerak?

