Bo’yoqlarni saqlash va aralashtirish uchun 6 bo’limli plastik banochkalar
Bo’yoqlarni tartibli saqlash va kerakli ranglarni qulay aralashtirish uchun mo’ljallangan amaliy 6 bo’limli banochkalar to’plami. Har bir banochka alohida mahkam yopiladigan qopqoqqa ega bo’lib, bo’yoqning qurib qolishi, to’kilishi va tashqi ta’sirlardan himoyalanishiga yordam beradi.
Mazkur banochkalar akril, guash, akvarel, tempera va boshqa suyuq yoki quyuq bo’yoqlarni saqlash uchun mos keladi. Shuningdek, gips figuralarini bo’yash, raqamlar bo’yicha rasm chizish (Paint by Numbers), DIY loyihalari, rassomchilik, maktab va bog’cha mashg’ulotlari uchun juda qulay.
Yengil va mustahkam plastikdan tayyorlangan bo’lib, bir necha marotaba foydalanish mumkin. Barcha banochkalar bir tasma orqali bir-biriga ulangan, kerak bo’lsa alohida ajratib ham ishlatish mumkin.
Afzalliklari:
6 ta alohida bo’lim.
Mahkam yopiladigan qopqoqlar.
Bo’yoqni qurib qolishdan himoya qiladi.
Ranglarni qulay aralashtirish imkoniyati.
Qayta foydalanish mumkin.
Mustahkam va yengil plastik.
Uy, maktab, studiya va ijodiy mashg’ulotlar uchun mos.
Qo’llanilish sohasi:
Akril bo’yoqlar
Guash
Akvarel
Tempera
Gips raskraskalari
Rasm chizish
DIY va Hand Made loyihalari
Bolalar ijodi
Hobby va rassomchilik
To’plam tarkibi:
6 bo’limli plastik banochkalar — 1 dona.

