• ComfortPro texnologiyasi: Bosimni manjetaga havo haydayotgan vaqtning o‘zidayoq o‘lchaydi. Bu jarayonni ikki baravar tezlashtiradi va qo‘l qattiq siqilishining oldini oladi.
• Yoritgichli displey va katta raqamlar: Natijalar hatto qorong‘ida ham aniq ko‘rinadi, bu esa keksalar va tunda foydalanuvchilar uchun juda qulay.
• Yuqori aniqlik va ishonchlilik: Qurilmalarning aniqligi klinik sinovlar bilan tasdiqlangan, ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladigan rasmiy kafolat esa 10 yilni tashkil etadi.
• Universal konussimon manjeta (22–42 sm): Maxsus shakli tufayli har qanday o‘lchamdagi qo‘lga zich yopishadi va xatolarsiz aniq natijani kafolatlaydi.
• To‘liq to‘plam: To‘plamda tarmoq adapteri (rozetkadan ishlash uchun) va saqlash hamda olib yurish uchun qulay sumka mavjud.


Prolife PA5 Comfort seriyasidagi tonometrlar uy sharoitida arterial bosim va pulsni aniq, qulay va xavfsiz o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy texnologiyalar, katta displey va qulay manjeta har qanday yoshdagi foydalanuvchilar uchun bosimni muntazam nazorat qilishni oddiy va ishonchli qiladi.
⚠️ MUHIM: model tanlovi rangiga qarab amalga oshiriladi:
Oq rang — Prolife PA5 Comfort (AF funksiyasiz)
Qora rang — Prolife PA5 Comfort AF (yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasini aniqlash funksiyasi bilan)
Prolife PA5 Comfort (oq) — arterial bosim va pulsni yelkada o‘lchash uchun avtomatik tonometr. Qurilma o‘ylangan funksionallik va dizaynga ega: katta raqamli displey hatto ko‘rish qobiliyati past insonlarga ham qurilmadan oson foydalanish imkonini beradi. Ekran yoritgich (podsvetka) bilan jihozlangan — bosimni kunduzi ham, kechasi yorug‘lik yetarli bo‘lmaganda ham o‘lchash qulay.
Afzalliklari:
ComfortPro texnologiyasi: bosimni manjetaga havo haydayotgan vaqtning o‘zidayoq aniqlaydi — jarayon tez va noqulayliklarsiz o‘tadi.
Ekran yoritgichi: yomon yoritilgan joyda yoki qorong‘ida o‘lchash imkoniyati.
Katta raqamli qulay ekran: ko‘rish qobiliyati past insonlar uchun maxsus dizayn.
Aritmiya indikatori (HAI texnologiyasi): puls buzilishi aniqlanganda ekranda maxsus belgi paydo bo‘ladi.
Oxirgi 3 ta o‘lchovning o‘rtacha qiymatini avtomatik hisoblash.
Xotira: 199 ta o‘lchov uchun.
To‘plamda: M-L o‘lchamdagi (22-42 sm) konussimon manjeta, tarmoq adapteri va saqlash uchun sumka.
Kafolat: 10 yil.
Prolife PA5 Comfort AF (qora) — arterial bosim va pulsni uyda o‘lchash uchun avtomatik tonometr. Qurilma ishonchlilik, qulaylik va yurak-qon tomir tizimini nazorat qilish uchun muhim funksiyalarni o‘zida mujassam etgan.
Asosiy xususiyatlari va afzalliklari:
AFIB Smart: miltillovchi aritmiyani (AF) aniqlash. Qurilma fibrillyatsiya belgilarini havo haydash jarayonidayoq aniqlaydi. Agar ekranda "AF" belgisi chiqsa, o‘lchovni takrorlash, u yana paydo bo‘lsa — shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. Bu insult xavfini kamaytirishga yordam beradi.
ComfortPro texnologiyasi: manjeta shishirilayotgan vaqtda yumshoq va tez o‘lchash, noqulaylikni minimallashtiradi.
Yuqori kontrastli displey: aniq raqamlar va keng ko‘rish burchagi. Natijalar har qanday yorug‘likda osongina o‘qiladi.
Aqlli konussimon manjeta M-L (22–45 sm): yumshoq material, oson mahkamlanadi va qo‘lga zich o‘rnashib, aniqlikni ta’minlaydi.
Kafolat: 10 yil.

