Robototexnika boshlovchilari uchun qulay. Bonus sifatida Sizga ushbu plataning amaliy tadbiqiga doir oddiy va qiziqarli misol va dastur kodiga havolalarni taqdim etamiz! Batafsil shartlari haqida "yarat.uz" do'konimiz sahifasida o'qing!
UNO R3 tadqiqot platalari va Atmega328P mikrokontrollerning asosiy xususiyatlari:
- 16 GGs kvarts generatori;
- raqamli kirish/chiqish pinlari soni 14 ta, ulardan 6 tasi PWM chiqishi sifatida ishlatilishi mumkin;
- 6 ta analog kirish;
- kiruvchi kuchlanish: 6-12V;
- ishchi kuchlanish va tok kuchi: 5V/500 mA;
- 3.3V kontaktidan chiquvchi maksimal tok: 150 mA;
- kiritish/chiqarish kontaktlaridagi chiquvchi tok: 20 mA;
- tayanch kuchlanish: 1.1V;
- flesh-xotira: 32K (0.5K - yuklovchi uchun);
- SRAM-xotira: 2K;
- EEPROM-xotira: 1K;
- taymerlar - 2 ta 8 bit, 1 ta 16 bit;
- ADC-konverter: 6 kanal 10 bit;
- USB B (Type-B), USB C (Type-C) yoki boshqa USB interfeysi;
- ketma-ket port interfeysi: CH340G;
- qayta yuklash tugmasi.
Quvvat ta'minoti uchun USB uyasidan (5V) va tashqi quvvat uyasidan (6V - 12V) foydalanish mumkin.
UNO SMD kengaytirilgan versiyasi ustunliklari:
- 2 tasi 1 da plata - asosiy kontroller platasi va sensorlar uchun kengaytirish platasi bir platada birlashtirilgan, ko'p hollarda alohida maket platasiga hojat ham qolmaydi;
- kuchaytirilgan stabilizator - ko'plab sensorlar ulanishi nunkinligini hisobga olib, platadagi ichki stabilizator quvvati keskin oshirilgan;
- sensorlar uchun kengaytirish platasining barcha imkoniyatlari mavjud - har bir sensor yoki modul ulanishi uchun GND, +5V va signal pini uchtalik nusxalari ajratilgan.
Mega 2560 tadqiqot platasi va Atmega2560 mikrokontrollerning asosiy xususiyatlari:
- 16 MGs kvarts generatori;
- raqamli kirish/chiqish pinlari soni 54 ta, ulardan 15 tasi PWM chiqishi sifatida ishlatilishi mumkin;
- 16 ta analog kirish;
- kiruvchi kuchlanish: 7-12V;
- ishchi kuchlanish va tok kuchi: 5V/500 mA;
- 3.3V kontaktidan chiquvchi maksimal tok: 150 mA;
- kiritish/chiqarish kontaktlaridagi chiquvchi tok: 40 mA;
- tayanch kuchlanish: 1.1V;
- flesh-xotira: 256K (8K - yuklovchi uchun);
- SRAM-xotira: 8K;
- EEPROM-xotira: 4K;
- taymerlar - 2 ta 8 bit, 4 ta 16 bit;
- ADC-konverter: 16 kanal 10 bit;
- USB B (Type-B), USB C (Type-C) yoki boshqa USB interfeysi;
- ketma-ket port interfeysi: CH340G;
- qayta yuklash tugmasi.
Quvvat ta'minoti uchun USB uyasidan (5V) va tashqi quvvat uyasidan (6V - 12V) foydalanish mumkin.
Tadqiqot platasini turli opsiyalarda sotib olishingiz mumkin:
1. SMD korpusli chip asosidagi takomillashgan UNO platasi, USB-B kabeli bilan yoki kabelsiz;
2. DIP korpusli rasmiy chip asosidagi UNO platasi, USB-B kabeli bilan yoki kabelsiz;
3. Kengaytirilgan UNO SMD (SMD korpusli chip asosidagi takomillashgan UNO platasining yangilangan versiyasi), Type-C uzaytirilgan kabeli bilan.
SMD korpusli chip asosidagi, Arduinoga mos UNO plata:

DIP korpusli rasmiy chip asosidagi, Arduinoga mos UNO platasi:

Kengaytirilgan UNO SMD platasi:


