• Pul: Boshlang'ich saboqlar
• Fizika: Boshlang'ich saboqlar
• Biologiya: Boshlang'ich saboqlar
• Boshlang'ich saboqlar
"Farengeyt Press" nashriyoti tomonidan nashr etilgan ushbu kitoblar 10+ yoshdagi o'smirlar uchun mo'ljallangan bo'lib, murakkab fan va g'oyalarni sodda va tushunarli tilda o‘rgatadi. Bu kitoblar bilim olishni zavqli mashg'ulotga aylantirib, yosh avlod kelajagi haqida o'ylagan ota-onalar va ustozlarning farzandlari va shogirdlari uchun ularni ilmga oshno etuvchi eng yaxshi sovg‘a bo'ladi.
💵 Pul – Boshlang‘ich saboqlar
Pul nima? U qayerdan keladi va qanday ishlaydi? Bu kitob o‘smirlar uchun moliyaviy dunyoni sodda, qiziqarli va hayotiy misollar bilan tushuntiradi.
⚡️ Fizika – Boshlang‘ich saboqlar
Nega osmon moviy? Nega kema cho‘kmaydi? Yer nega aylanishdan to‘xtamaydi? Harakat, energiya va koinot sirlarini oson tilda tushuntiruvchi qo‘llanma.
🌱 Biologiya – Boshlang‘ich saboqlar
Hayot qanday ishlaydi? Inson tanasi, o‘simliklar va hayvonlar olami qanday uyg‘unlikda yashaydi? Javoblar — shu kitobda.

