“Boshlang‘ich matematika” qo‘llanmasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, mantiqiy fikrlash, hisoblash tezligi va matematik bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Kitobda misollar, testlar, amaliy mashqlar va Prezident maktablari imtihonlariga mos topshiriqlar jamlangan. Sodda va tushunarli uslubdagi mavzular bolalarning matematika faniga qiziqishini oshiradi hamda mustaqil tayyorlanish imkonini beradi.

