Bosh terisi uchun moʻljallangan massaj choʻtkasi qon aylanishini faollashtiradi, terini chuqur tozalaydi va bo‘shashtiradi. Shampun bilan birga ishlatilganda ildizlarga yetib borib, kir va yog‘ qoldiqlarini samarali tozalashga yordam beradi. Soch to‘kilishini kamaytirishga, kepek paydo bo‘lishining oldini olishga xizmat qiladi. Kundalik foydalanish uchun qulay, qo‘lga yaxshi sig‘adi.

