Ayollar uchun bosh barmoqchali qo‘l yengi hijob ostiga kiyish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Kaliforniya matosidan tayyorlangan bo‘lib, juda yumshoq, elastik va tanaga yoqimli. Mato cho‘ziluvchanligi sabab qo‘lga chiroyli yopishadi va kun davomida noqulaylik tug‘dirmaydi.
Bosh barmoq uchun maxsus teshik mavjudligi yengning sirg‘anib ketishini oldini oladi va qo‘lni to‘liq yopib turadi. Bilakdan tirsakkacha mukammal yopadi, ochiq joy qoldirmaydi. Kundalik foydalanish, ish, o‘qish yoki tashqariga chiqish uchun juda qulay.
Sifatli tikuv va mustahkam mato uzoq muddat xizmat qiladi. Minimalistik va klassik dizayn sababli turli kiyimlar bilan oson moslashadi.






