Yigirma beshdan ortiq tilga tarjima qilingan ushbu kitob bir necha yildan beri jahon bestsellerlari ro‘yxatida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Ayollik arxetipiga bag‘ishlangan ushbu kitob aslida umuminsoniy ahamiyatga ega. Agar undagi "Yovvoyi ayol" tushunchasini "Yovvoyi erkak"ka almashtirsangiz, kitobning ruhiyatga beradigan foydasi jins chegaralaridan ham ustun ekanligiga guvoh bo‘lasiz.
Har bir ayolning botinida ibtidoiy va tabiiy bir mohiyat — ezgu instinktlar, mehr-shafqatga yo‘g‘rilgan ijodkorlik va azaliy donolikka to‘la zot yashaydi. Biroq bu zot — "Yovvoyi ayol" — yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Afsuski, jamiyatning "sivilizatsiyalashtiruvchi" ta’siri boladagi barcha "yovvoyi" — ya’ni tabiiy — xususiyatlarni bo‘g‘ib qo‘yadi.

