• Har qanday egilish burchagiga to‘g‘ri keladi
• Oddiy va tez joylashtirish
• Har qanday abraziv Bo‘lmagan tozalash vositasi bilan oson tozalanadi
• Vanna, rakovina, gaz plitasi, deraza qirralarini germetiklash va ularga bezak berish uchun
• Chang, moy, kirlanish va to‘kilishlardan himoya qiladi
• Vanna, oshxona, deraza, dush kabinasi, sanitar xonalar uchun
• Namlik, mog‘or va zamburug‘larga chidamli
• Turli xildagi yuzalarga yuqori yopishqoqlik
• Materiali: yuqori sifatli PVX
• Kengligi: 3.8 sm, Uzunligi: 320 sm
Mahsulot to‘g‘risida:
Arzon taqlidlardan ehtiyot bo'ling!
2003 yildan beri benuqson sifat. Mahsulotlarni ishlab chiqarishda faqat texnologik jihatdan yuqori sifatli xom ashyo va materiallardan foydalanamiz.
Yopishqoq PVX bordyur lentasi – bu vanna, rakovina, unitaz, gaz plitasi, stol, deraza qirra burchaklariga kir, moy, chang va boshqa suyuqliklar kirishidan himoyalovchi ishonchli vosita. Tasma, turli xil: kafel, plitka, metall, marmar, laminat, yog‘och, plastik va boshqa yuzalarga yopishish xususiyatiga ega. Shuningdek, stol plintusi yoki turli xil kirlanishlardan saqlovchi chidamli bezak materiali sifatida ishlatilishi mumkin.
Tasma zararsiz, yuqori sifatli PVX dan tayyorlangan, elastik, oson kesiladi, turli egilish burchagiga ega turli yuzaga mustahkam yopishadi.
Mustahkam yopishish xususiyati, tasma ichki yuzasiga bir tekis qoplangan butilkauchuk yelim tufayli yuzaga keladi. Yelim tarkibida mog‘or, zamburug‘ va yoqimsiz hid paydo bo‘lishining oldini oluvchi moddalar mavjud.
Yashash joylarida tasmalarni deraza tokchasi va romlari orasiga joylashtirish, plintus hamda devor va mebel yoki devor va ship orasidagi molding sifatida ishlatish mumkin.
Bordyur tasmaning xususiyati shunda-ki, uni ishlatish juda oson va qulay, o‘z ko‘rinishini saqlaydi va chiroyli ko‘rinadi, yorilib ketmaydi, turli intererga mos tushadi. Ta’mirlash va bezak berish ishlarida tutashgan joylarni gidroizolyatsiya qilishda ishlatiladi. Tasma turli xil ranglarda sotuvda mavjud.
Qanday ishlatiladi:
1. Yuzani tozalang va fen bilan quriting (!)
2. Tasmani fen yordamida, yopishqoqlikni oshirish uchun ozgina isitib oling (!)
3. Burchaklardan markazga qarab yopishtirishni boshlang
4. Tasmani yuzaga kuch bilan yopishtiring
5. Yana bir bor fen bilan tasmani, yopishqoqlikni oshirish uchun qiziting
6. Kartani ishlatish tavsiya qilinadi va u bilan tasma burchaklarini ustidan yuritib yopishtiring
7. Yopishtirishdan so‘ng 24 soat davomida namlikdan saqlang (!)



