🔷🔷🔷 BOMA BM-8818 SMART🔷🔷🔷BOMA BM-8818 Smart Fountain — butilkasi pastki qismidan o'rnatiladigan, kompressorli sovutish tizimi va zanglamaydigan po'latdan yasalgan elektr choynak o'rnatilgan zamonaviy polga o'rnatiladigan suv dispenseri (suv kulleri) yoki hozirgi zamonaviy tilda TEA BAR deb ataladi.
Bu model kompressorli sovutish tizimida R600a markali freon (sovutgich gaz) ishlatiladi — bu zamonaviy, tabiat va inson salomatligiga zararsiz gaz bo'lib, faqat yuqori sifatli, ilg'or texnologiyali kullerlarda qo'llaniladi. Eski avlod freonlaridan farqli o'laroq R600a atmosferaga deyarli zarar keltirmaydi va ishlab chiqarish tannarxi yuqoriroq bo'lgani sababli uni faqat sifat va xavfsizlikka e'tibor beruvchi ishlab chiqaruvchilar tanlaydi. Shu bois BOMA BM-8818 — yuqori sifatni maqbul narxda taklif qiladigan tanlov hisoblanadi.
Sovutish tizimi bir soat ichida 2 litrgacha suvni 10°C dan pastga (5°C gacha) sovitib beradi — bu kunning issiq faslida ham doimiy sovuq suv ta'minotini kafolatlaydi. Isitish tizimi esa yanada kuchliroq: bir soatda 8 litrgacha suvni qaynatib beradi, bitta to'liq qaynash jarayoni (choynakni 100°C ga yetkazish) atigi 2–3 daqiqa vaqt oladi — bu choy-qahva tayyorlashda vaqtingizni sezilarli tejaydi. Qurilma, shuningdek, suvni 55°C haroratda doimiy issiq holatda ushlab turish funksiyasiga ham ega, ya'ni istalgan vaqtda darhol iliq suvdan foydalanish mumkin.
Afzalliklari:
Texnik xususiyatlari:Brend: BOMA
Model: BM-8818 Smart Fountain
Turi: Polga o'rnatiladigan suv dispenseri
Sovutish turi: Kompressorli (freonli)
Sovutgich gazi: R600a (Freon turi)
Suv baki: Pastki yuklanadigan
Kuchlanish: 220–240 V
Chastota: 50/60 Hz
Isitish quvvati: 1350 W
Sovutish quvvati: 90 W
Issiq suv unumdorligi: 8 L/soat
Sovuq suv unumdorligi: 2 L/soat
Issiq suv harorati: ≥98°C
Sovuq suv harorati: ≤10°C
Haroratni ushlab turish: 55°C
Ishlash muhiti harorati: 10–32°C
O'lchamlari: 38×43×90 sm
Rangi: Qora
🔷🔷🔷 BOMA BM-1707🔷🔷🔷BOMA BM-1707 — butilkani yuqoridan o'rnatish imkoniyatiga ega, kompressorli sovutish tizimi va suvni isitish funksiyasiga ega bo'lgan vertikal (polga o'rnatiladigan) suv dispenseri (suv kulleri). Uy, ofis va boshqa xonalar uchun issiq va sovuq ichimlik suvini bir qurilmada ta'minlaydi.
Bu model R600a markali freon (sovutgich gaz) bilan ishlaydi — zamonaviy, ekologik toza va inson salomatligiga xavfsiz gaz turi bo'lib u faqat sifatli va texnologik jihatdan ilg'or kullerlarda uchraydi. Shu tufayli BOMA BM-1707 xaridorga yuqori sifat va xavfsizlikni maqbul narxda taqdim etadi.
Sovutish tizimi bir soatda 2 litrgacha suvni 5–10°C haroratgacha sovitib beradi va uhslab turadi, isitish tizimi esa bir soatda 5 litrgacha suvni 85–95°C haroratgacha qizdiradi va ushlab turadi — bu choy va qahva tayyorlash uchun yetarlicha issiq va tez.
Afzalliklari:
Texnik xususiyatlari:Brend: BOMA
Model: BM-1707
Turi: Polga o'rnatiladigan (vertikal) suv dispenseri
Butilka o'rnatish turi: Yuqori yuklamali
Sovutish turi: Kompressorli (freonli)
Sovutgich gazi: R600a (freon turi)
Kuchlanish: 220–240 V
Chastota: 50/60 Hz
Isitish quvvati: 550 W
Sovutish quvvati: 90 W
Umumiy quvvat: 640 W
Issiq suv unumdorligi: 5 L/soat
Issiq suv harorati: 85–95°C
Sovuq suv unumdorligi: 2 L/soat
Sovuq suv harorati: 5–10°C
Ishlash muhiti harorati: 10–38°C
Sof og'irligi: 7,5 kg
O'lchamlari: 34×30×98 sm
Rangi: Kulrang
🔷🔷🔷 BOMA BM-1709🔷🔷🔷BOMA BM-1709 — uy, ofis, do'kon, go'zallik saloni, tibbiyot muassasalari va boshqa joylar uchun mo'ljallangan, kompressorli sovutish tizimi va isitish funksiyasiga ega ishonchli polga o'rnatiladigan suv dispenseri (suv kulleri).
Ushbu modelda R134a markali sovutgich gaz(freon) ishlatiladi — bu kompressorli sovutish tizimlarida dunyo bo'ylab keng qo'llaniladigan, o'zini ko'p yillik amaliyotda ishonchli va samarali ekanini isbotlagan sanoat standarti hisoblanadi. R134a barqaror va bir tekis sovutishni ta'minlaydi, shu bois arzon-qulay narxda ishonchli kompressorli kulerni xohlovchilar uchun mos tanlov hisoblanadi.
Sovutish tizimi bir soatda 2 litrgacha suvni 10°C gacha sovitib beradi va haroratni ushlab turadi, isitish tizimi esa bir soatda 5 litrgacha suvni 88–95°C haroratgacha qizdiradi va haroratni ushlab turadi — bu kunlik ehtiyoj uchun yetarli va barqaror ta'minot.
Afzalliklari:
Texnik xususiyatlari:Brend: BOMA
Model: BM-1709
Turi: Polga o'rnatiladigan suv dispenseri
Sovutish turi: Kompressorli (freonli)
Sovutgich gazi: R134a (freon turi)
Kuchlanish: 220–240 V
Chastota: 50/60 Hz
Isitish quvvati: 500 W
Sovutish quvvati: 85 W
Issiq suv unumdorligi: 5 L/soat
Issiq suv harorati: 88–95°C
Sovuq suv unumdorligi: 2 L/soat
Sovuq suv harorati: ≤10°C
Sof/yalpi og'irligi: 12/13 kg
O'lchamlari: 34×32×99 sm
Rangi: Qora-kumush

