❓ OTPARIVATEL NIMA VA U DAZMOLDAN NIMASI BILAN FARQ QILADI:
Otparivatel — bu kiyimni bosib emas, bug' bilan tekislaydigan qurilma. Ichidagi suv 98 daraja atrofida qizib bug'ga aylanadi, bug' esa mato tolalariga kirib ularni yumshatadi. Tola yumshaganda burma o'z-o'zidan yoyiladi. Dazmol boshqacha ishlaydi: u qizigan metall taglik bilan matoni bosib tekislaydi. Shuning uchun dazmolda taxta kerak, otparivatelda esa kerak emas — kiyim ilgichda osig'liq turadi. Otparivatelning asosiy afzalliklari: Dazmol izi qolmaydi. Qora kostyum va shim ustida dazmoldan keyin paydo bo'ladigan yaltiroq iz — otparivatelda umuman bo'lmaydi. Tugma, moybosar, kashta va burma atrofini tekislaydi. Dazmol bu joylarga yetib bormaydi, bug' esa hamma joyga kiradi. Kiyimni yechish shart emas — pardani karnizdan olmasdan, kostyumni ilgichdan olmasdan tekislash mumkin. Bug' hidni yo'qotadi va dezinfeksiya qiladi. 98 darajali bug' mato yuzasidagi bakteriyalarni va chang zarralarini yo'qotadi. Bu instruksiyada rasmiy ko'rsatilgan. Nozik matolar uchun xavfsizroq. Bug' matoga tegmaydi, faqat issiq havo ta'sir qiladi. Ish tezligi. Ko'ylakni dazmollash 5-7 daqiqa olsa, otparivatelda 1-2 daqiqa.
🎯 QAYSI MODELNI TANLASH KERAK:
Bu kartochkada 4 ta otparivatel bor. Ular ikki guruhga bo'linadi. OYOQLI (STENDLI) MODELLAR — BM-517 va BM-519 Bular polda turadi, teleskopik shtangasi va kiyim ilgichi bor. Suv baki katta, uzoq vaqt to'xtamasdan ishlaydi. Uy uchun, kiyim do'koni, atelye, mehmonxona va kir yuvish xonalari uchun ishlangan. BM-517 — 2 litr bak, 11 ta bug' rejimi, pastida g'ildiraklari bor (bir xonadan ikkinchisiga surib olib borish mumkin), bug' chiqishi 35 g/daqiqa, 43 soniyada tayyor bo'ladi, uzluksiz 45 daqiqa ishlaydi. BM-519 — 1,8 litr bak, 10 ta bug' rejimi, 35 soniyada tayyor bo'ladi, uzluksiz 50-70 daqiqa ishlaydi.
QO'LDA USHLANADIGAN MODELLAR — BM-527 va BM-528 Bular ixcham, chamadonga sig'adi, sayohat va ofis uchun ideal. Suv baki kichikroq, lekin 30 soniyada tayyor bo'ladi. BM-527 — 2000 Vt, kartochkadagi eng kuchli qo'l modeli, 3 ta bug' rejimi (kuchsiz / o'rta / kuchli), zanglamaydigan po'lat qizdiruvchi panel, bug' chiqishi 25-35 g/daqiqa, 4 rangda. BM-528 — 1500 Vt, nanokeramik qoplamali panel, quruq / sprey / bug' zarbasi / to'g'ri bug' rejimlari, olinadigan 400 ml bak, bug' chiqishi 15-25 g/daqiqa, qora rang. Qisqacha: uyda ko'p va muntazam dazmollasangiz — BM-517 yoki BM-519. Kam-kam, tez va sayohatda kerak bo'lsa — BM-527 yoki BM-528.
- **********************************************************************************************
🔷🔷🔷BOMA BM-527🔷🔷🔷
BM-527 — kartochkadagi eng kuchli qo'l modeli. 2000 Vt quvvat va 25-35 g/daqiqa bug' — bu ko'p oyoqli modellarga teng ko'rsatkich, lekin qurilma qo'lga sig'adi va chamadonga joylashadi.
Qizdiruvchi panel zanglamaydigan po'latdan. Panelning uchi "Beauty Tip" shaklida ishlangan — ya'ni tor va o'tkir, tugma orasi va yoqa burchagiga yetib boradi.
4 rangda chiqadi: yashil, jigarrang, pushti va ko'k.
Qurilmani yoqasiz — 30 soniya qizish boshlanadi, qizil chiroq o'chib-yonadi.
Qizish tugagach qizil chiroq doimiy yonadi, yashil chiroq esa kutish rejimini bildiradi.
⚙️ Texnik xususiyatlari
Model: BOMA BM-527
Turi: qo'lda ushlanadigan otparivatel
Quvvat: 2000 Vt
Kuchlanish: 220-240 V, 50-60 Gz
Suv baki: 300 ml, olinadigan
Bug' chiqishi: 25-35 g/daqiqa
Qizish vaqti: 30 soniya
Ish rejimlari: quruq va to'g'ri bug'
Qizdiruvchi panel: zanglamaydigan po'lat
Panel uchi: Beauty Tip — aniq tekislash uchun tor uch
Aylanadigan dasta: bor
Kuyishga qarshi panel (anti-scalding): bor
Qizib ketishdan himoya: bor
Chiroqli indikatorlar: qizil (qizish) va yashil (bug' rejimi)
Ranglari: yashil, jigarrang, pushti, ko'k
O'lchamlari: 31 × 21 × 13,5 sm
Og'irligi: 1,1 kg
Kafolat: mavjud
💎 Afzalliklari
2000 Vt — kartochkadagi eng yuqori quvvat. Qo'l otparivateli bo'lsa ham, qalin mato bilan bemalol ishlaydi.
25-35 g/daqiqa bug' — kuchli oqim. Ko'pchilik qo'l otparivatellarida bu ko'rsatkich 10-15 g/daqiqa, ya'ni ikki barobar kam.
30 soniyada tayyor — rozetkaga ulaysiz, bir choynak choy damlagunicha ham vaqt ketmaydi.
Zanglamaydigan po'lat panel — plastik paneldan farqli, qizishga chidamli va matoga hech qanday iz qoldirmaydi.
Kuyishga qarshi panel — panelning atrofi maxsus himoyalangan, tasodifan tegib ketsangiz kuydirmaydi.
Beauty Tip uchi — tugmalar orasi, yoqa burchagi, manjet va cho'ntak atrofini tekislash uchun. Yumaloq uchli qurilma bu joylarga yetib bormaydi.
Aylanadigan dasta — dastani buray olasiz, shuning uchun qurilmani gorizontal ham, vertikal ham ushlash qulay. Bilak burilib ketmaydi.
Olinadigan suv baki — chiqarib jo'mrak ostida to'ldiriladi.
4 rang — yashil, jigarrang, pushti va ko'k. Sovg'a uchun rang tanlash imkoniyati bor.
Ixcham va yengil (1,1 kg) — chamadonga sig'adi. Xorijga chiqqanda mehmonxonada kostyumni tekislash muammo bo'lmaydi.
📦 Komplektatsiya
BOMA BM-527 otparivatel — 1 dona
Mato uchun cho'tka-nasadka — 1 dona
O'lchov stakani — 1 dona
Foydalanish qo'llanmasi — 1 dona
- **********************************************************************************************
🔷🔷🔷BOMA BM-528🔷🔷🔷
BM-528 — qora rangdagi qo'l otparivateli. Uning asosiy o'ziga xosligi — nanokeramik qoplamali qizdiruvchi panel va kartochkadagi eng katta qo'l modeli baki (400 ml).
Bundan tashqari bu modelda 4 xil rejim bor: quruq dazmollash, sprey (suv purkash), bug' zarbasi va to'g'ri bug'.
Turg'un tagligi bor — ishlatmaganda stol ustida tik holda turadi, yonboshiga ag'darilmaydi.
💠 NANOKERAMIK QOPLAMA NIMA VA NIMA BERADI
Oddiy metall panel vaqt o'tishi bilan g'adir-budur bo'lib qoladi, unga mato tolasi ilashadi va tirnalgan joydan kiyimga iz tushadi.
Nanokeramik qoplama — bu panel yuzasiga surtilgan juda mayda zarrachali keramika qatlami. U ikki narsani beradi: birinchidan, yuzasi juda silliq bo'ladi va mato ustida hech qanday qarshiliksiz sirpanadi. Ikkinchidan, issiqlikni butun panel bo'ylab bir tekis tarqatadi — ya'ni panelning bir joyi qizib, ikkinchi joyi sovuq qolmaydi.
Amalda bu shuni anglatadi: mato yopishmaydi, iz qolmaydi va nozik matoni ham bemalol bug'lash mumkin.
⚙️ Texnik xususiyatlari
Model: BOMA BM-528
Turi: qo'lda ushlanadigan otparivatel
Quvvat: 1500 Vt
Kuchlanish: 220-240 V, 50-60 Gz
Suv baki: 400 ml, olinadigan, qulfli
Bug' chiqishi: 15-25 g/daqiqa
Rejimlar: quruq / sprey / bug' zarbasi / to'g'ri bug'
Qizdiruvchi panel: nanokeramik qoplama
Panel uchi: Beauty Tip — aniq tekislash uchun
Aylanadigan dasta: bor
Qizib ketishdan himoya: bor
Turg'un taglik: bor
Ishlash indikatori: bor
Ergonomik dasta: bor
Rangi: qora
Dizayn: German Design
O'lchamlari: 24 × 16,5 × 13,5 sm
Og'irligi: 0,9 kg
Kafolat: mavjud
💎 Afzalliklari
400 ml bak — qo'l modellari orasidagi eng kattasi. Kamroq to'ldirasiz, ko'proq ishlaysiz.
Nanokeramik panel — silliq sirpanadi, mato yopishmaydi, issiqlik bir tekis tarqaladi.
4 xil rejim — quruq dazmollash (bug'siz), sprey (suv purkash), bug' zarbasi va to'g'ri bug'. Sprey funksiyasi juda quruq va qattiq g'ijimlangan matoni oldindan namlash uchun kerak.
Eng yengil — atigi 0,9 kg. Uzoq vaqt qo'lda ushlab ishlash charchatmaydi. Ayollar va keksalar uchun ayni muddao.
Turg'un taglik — ishlatmaganda stolga tik qo'yiladi, ag'darilmaydi va issiq panel stolga tegmaydi.
Olinadigan qulfli bak — bak qulf bilan mahkamlanadi, tasodifan chiqib ketmaydi va suv to'kilmaydi.
Aylanadigan dasta — qurilmani istalgan burchakda ushlash qulay.
Beauty Tip uchi — tugma orasi va yoqa burchagi uchun.
Eng ixcham — 24 sm uzunlik. Kichik sumkaga ham sig'adi, ish safariga olib yurish oson.
📦 Komplektatsiya
BOMA BM-528 otparivatel — 1 dona
Mato uchun cho'tka-nasadka — 1 dona
O'lchov stakani — 1 dona
Foydalanish qo'llanmasi — 1 dona
- **********************************************************************************************
🔷🔷🔷BOMA BM-517🔷🔷🔷
BM-517 — kartochkadagi eng katta bakli va eng ko'p rejimli model. Pastki qismida g'ildiraklari bor, shuning uchun to'la holatda ham surib olib yurish oson. Kiyim do'koni, atelye va mehmonxona uchun ayni muddao, uyda ham keng oilaga mos.
- Komplektda kiyim ilgichi va dazmollash taxtachasi bor — ya'ni kiyimni ham osig'liq holda bug'lash, ham taxtachaga qo'yib gorizontal tekislash mumkin.
⚙️ Texnik xususiyatlari
- Model: BOMA BM-517
- Turi: oyoqli (stendli) vertikal otparivatel
- Quvvat: 1800 Vt
- Kuchlanish: 220-240 V, 50-60 Gz
- Suv baki: 2,0 litr, olinadigan
- Bug' harorati: 98 daraja (±10)
- Bug' chiqishi: 35 g/daqiqa
- Qizish vaqti: 43 soniya
- Uzluksiz ishlash: 45 daqiqagacha suv qo'shmasdan
- Bug' rejimlari: 11 ta
- Teleskopik shtanga: uch bo'g'inli alyuminiy, balandligi sozlanadi
- Bug' shlangi: ikki qavatli issiqlik izolyatsiyali
- Shlang tashqi harorati: 58 darajadan oshmaydi
- G'ildiraklar: bor
- Qizib ketishdan himoya: bor, ikki bosqichli
- Suvni to'kish klapani (drenaj): bor
- Korpus materiali: plastik va metall
- Standartlar: GB4706.1-2005, GB4706.84-2007
- O'lchamlari: 41 × 33,5 × 28 sm
- Og'irligi: 2,95 kg
- Dizayn: German Design
- Kafolat: mavjud
💎 Afzalliklari
- 2 litr bak — kartochkadagi eng kattasi. Suv qo'shish uchun to'xtab o'tirish kerak emas.
- 11 ta bug' rejimi — har bir mato turiga alohida kuch. Ipakka kam bug', paltoga kuchli bug'. Bitta rejimli otparivatel nozik matoni ho'l qilib yuboradi.
- 35 g/daqiqa bug' — bu kartochkadagi eng kuchli bug' oqimi. Ko'p bug' degani tez tekislash degani: qalin palto va jinsi bilan ham bir yurishda tekislaydi.
- G'ildiraklar pastida — 2 litr suv bilan qurilma og'irlashadi. G'ildiraklar bilan xonadan xonaga surib olib borish oson, ko'tarish kerak emas.
- 43 soniyada tayyor — chaynak qaynagunicha bo'lgan vaqt. Kutish deyarli sezilmaydi.
- Uch bo'g'inli teleskopik shtanga — bo'yingizga qarab sozlanadi. Past qilib ham, baland qilib ham qo'yish mumkin, egilib ishlash shart emas.
- Ikki qavatli issiqlik izolyatsiyali shlang — ichi qalinlashtirilgan PVX quvur, tashqarisi to'qilgan paxta g'ilof. Shu tufayli shlangning tashqi yuzasi 58 darajadan oshmaydi va qo'lni kuydirmaydi. modellarda shlang oddiy plastik bo'ladi va ushlab bo'lmaydigan darajada qiziydi.
- Ikki bosqichli xavfsizlik — birinchisi harorat nazoratchisi: belgilangan haroratga yetganda qizdirishni o'chiradi, harorat tushganda yana yoqadi. Ikkinchisi harorat cheklovchisi: agar birinchi tizim ishdan chiqsa, u tokni butunlay uzadi. Ya'ni ikki qavatli himoya.
- Olinadigan suv baki — bakni chiqarib jo'mrak ostida to'ldirasiz. Butun qurilmani ko'tarib borish kerak emas.
- Suv baki yaxlit quyma usulda tayyorlangan — tushib ketsa ham sinmaydi. Bu instruksiyada alohida ko'rsatilgan.
- Drenaj klapani pastda — ishlatib bo'lgach ichkaridagi suvni to'kib tashlash mumkin. Suv qolib ketsa ohak yig'iladi va bakteriya ko'payadi. Bu klapan qurilmaning umrini sezilarli uzaytiradi.
- Yig'iladigan (foldable) konstruksiya — ishlatilmaganda shtangani yig'ib, kam joy egallaydigan holatga keltirish mumkin.
- Kiyim ilgichi va dazmollash taxtachasi komplektda — alohida kerak emas.
📦 Komplektatsiya
- BOMA BM-517 otparivatel (asosiy blok) — 1 dona
- Bug' shlangi — 1 dona
- Teleskopik alyuminiy shtanga — 2 dona
- Kiyim ilgichi — 1 dona
- Dazmollash taxtachasi — 1 dona
- Olinadigan suv baki — 1 dona
- Mahkamlagichlar (bracket) — 4 dona
- Foydalanish qo'llanmasi — 1 dona
- **********************************************************************************************
🔷🔷🔷BOMA BM-519🔷🔷🔷
BM-519 — BM-517 ning ixchamroq va yengilroq varianti. Bak 1,8 litr, lekin qurilma bug'ni tejamliroq sarflaydi va bir bak suv bilan 50-70 daqiqa ishlaydi — bu kartochkadagi eng uzoq ish vaqti.
- Eng tez qiziydi: 35 soniyada bug' bera boshlaydi.
⚙️ Texnik xususiyatlari
- Model: BOMA BM-519
- Turi: oyoqli (stendli) vertikal otparivatel
- Quvvat: 1800 Vt
- Kuchlanish: 220-240 V, 50-60 Gz
- Suv baki: 1,8 litr (1800 ml), olinadigan
- Bug' harorati: 98 daraja (±10)
- Qizish vaqti: 35 soniya
- Uzluksiz ishlash: 50-70 daqiqa suv qo'shmasdan
- Bug' rejimlari: 10 ta
- Teleskopik shtanga: uch bo'g'inli alyuminiy, balandligi o'zi sozlanadi
- Bug' shlangi: ikki qavatli issiqlik izolyatsiyali
- Shlang tashqi harorati: 58 darajadan oshmaydi
- Qizib ketishdan himoya: bor, ikki bosqichli
- Suvni to'kish klapani (drenaj): bor
- Xavfsizlik qisqichi (safety clip): bor
- Mos matolar: 10 dan ortiq tur
- Korpus materiali: plastik va metall
- Standartlar: GB4706.1-2005, GB4706.84-2007
- O'lchamlari: 36 × 38 × 28,5 sm
- Og'irligi: 2,95 kg
- Dizayn: German Design
- Kafolat: mavjud
💎 Afzalliklari
- 50-70 daqiqa uzluksiz ishlaydi — kartochkadagi eng uzun ish vaqti. Bir oilaning bir haftalik kiyimini bir bak suv bilan tekislash mumkin.
- 35 soniyada tayyor — kartochkadagi eng tez qizadigan oyoqli model.
- 10 ta bug' rejimi — 10 dan ortiq mato turi uchun alohida sozlama. Ipak, viskoza, paxta, poliester, kashmir, jun, zig'ir va boshqalar.
- Balandligi o'zi sozlanadigan teleskopik shtanga — tugmani bosib kerakli balandlikka tortasiz, tugmani qo'yib yuborsangiz o'sha joyda qotadi.
- Ikki qavatli issiqlik izolyatsiyali shlang — tashqi yuzasi 58 darajadan oshmaydi, ushlaganda kuydirmaydi.
- Ikki bosqichli himoya — harorat nazoratchisi va harorat cheklovchisi. Birinchisi ishdan chiqsa, ikkinchisi tokni uzadi.
- Olinadigan katta bak — bakni chiqarib to'ldirish oson, suv darajasi tashqaridan ko'rinadi.
- Xavfsizlik qisqichi — kiyimni ilgichda mahkam ushlab turadi, bug'lash paytida sirg'alib tushmaydi.
- Drenaj klapani — ichkaridagi suvni to'liq to'kib tashlash mumkin. Ohak va bakteriya yig'ilmaydi.
- Yig'iladigan konstruksiya — ishlatilmaganda kam joy egallaydi.
📦 Komplektatsiya
- BOMA BM-519 otparivatel (asosiy blok) — 1 dona
- Bug' shlangi — 1 dona
- Teleskopik alyuminiy shtanga — 1 dona
- Kiyim ilgichi — 1 dona
- Dazmollash taxtachasi — 1 dona
- Olinadigan suv baki — 1 dona
- Foydalanish qo'llanmasi — 1 dona
- **********************************************************************************************
✅ QANDAY MATOLARNI BUG'LASH MUMKIN
- Bug' quruq issiqlikdan ko'ra yumshoqroq ta'sir qiladi, shuning uchun otparivatel dazmol ishlata olmaydigan matolar bilan ham ishlaydi:
- Paxta va zig'ir (len) — kuchli rejim
- Jun va kashmir — o'rta rejim, kiyimga tegizmasdan masofadan
- Ipak va viskoza — kuchsiz rejim, ehtiyotkorlik bilan
- Poliester va sintetika — kuchsiz yoki o'rta rejim
- Trikotaj va sviter — cho'zilib ketmasligi uchun masofadan
- Kostyum va palto — kuchli rejim
- Pardalar — karnizdan olmasdan, joyida
- Ko'rpa-to'shak va yostiq jildlari
- Yumshoq mebel va o'yinchoqlar — dezinfeksiya uchun
❌ NIMANI BUG'LASH MUMKIN EMAS
- Charm va zamsha (velyur) — bug' charmni bujmaytiradi va rangini o'zgartiradi. Zamshaning tuki yotib qoladi va tiklanmaydi.
- Kiyimni odam kiyib turgan holatda — bu instruksiyada aniq taqiqlangan. Bug' 98 darajali, terini darhol kuydiradi.
- Yopishtirilgan bezaklar, striklar va termonaklekalar — bug' yelimni eritadi va bezak ko'chib tushadi.
- Ba'zi sun'iy tolalar (masalan akril aralashmalari) — eng ishonchli usul: kiyimning ichki, ko'zga tashlanmaydigan joyida (masalan chok ostidan) sinab ko'ring.
- Metall qismli kiyimlar — metall tez qiziydi va kuydirishi mumkin. Zamok, tugma va zanjirlarga bug' bermang.
- Elektr jihozlar, rozetka va simlar — bug' qisqa tutashuvga olib keladi.
- Odam va hayvonlarga — bug' juda issiq.
💡 QANDAY QILIB TO'G'RI BUG'LASH KERAK
- Kiyimni ilgichga iling. Otparivatelning butun mantiqi shunda: kiyim osig'liq turishi kerak. Yotqizilgan kiyimni bug'lab bo'lmaydi.
- Cho'ntaklarni tekshiring — ichida hech narsa qolmasin.
- Kiyimning pastki qismini bir qo'l bilan pastga tortib turing. Mato taranglashsa bug' tolaga kiradi va burma tezroq yoyiladi.
- Bug'ni yuqoridan pastga qarab yuriting. Teskari yo'nalishda burma yaxshi yoyilmaydi.
- Panelni matodan 5 sm masofada tuting. Bu instruksiyada aniq ko'rsatilgan raqam. Juda yaqin tutilsa mato ho'l bo'ladi, juda uzoq tutilsa bug' sovib qoladi.
- Yoqa va manjetni uzoqroq bug'lang. Bu joylar qalinroq va ikki qavatli, shuning uchun ko'proq vaqt talab qiladi. Panelni matoga yengil bosib, yuqoriga-pastga bir necha marta yuriting.
- Yengni tortib to'g'rilang va manjet joyini alohida ishlang.
- Old tomonini tekislab bo'lgach orqasini tekislang.
- Cho'tka-nasadkani qalin mato uchun ishlating. Cho'tka tolani ko'taradi va bug' ichkariga chuqurroq kiradi. Nozik matoda cho'tkani olib qo'ying.
- Ishni tugatgach kiyimni 5-10 daqiqa osig'liq qoldiring. Mato biroz nam bo'ladi, quriganda shakl butunlay o'rnashadi. Darhol kiysangiz burma qaytishi mumkin.
💧 QANDAY SUV QUYISH KERAK — BU ENG MUHIM QISM
- Toshkentda va umuman O'zbekistonda suv juda qattiq — tarkibida kalsiy va magniy tuzlari ko'p. Bu tuzlar qizigan sari cho'kib, qurilma ichida oq qatlam (ohak) hosil qiladi.
- Ohak nima qiladi: bug' teshiklarini tiqadi, bug' kuchi kamayadi, keyin teshiklardan oq bo'laklar chiqib kiyimga yopishadi. Oxir-oqibat qurilma butunlay bug' bermay qo'yadi.
- Nima qilish kerak:
- si — distillangan suv. Apteka va avtomobil do'konlarida sotiladi.
- Agar distillangan suv topilmasa — 50% oddiy suv va 50% distillangan suv aralashmasi. Bu instruksiyada rasmiy tavsiya etilgan.
- Bo'lmasa — qaynatib sovutilgan suv oddiy quvur suvidan ancha yaxshi.
- Faqat sovuq suv quying. Issiq suv plastik bakni deformatsiya qiladi — bu instruksiyada alohida ogohlantirilgan.
- Suvga hech narsa qo'shmang: sirka, ohak tozalagich, dazmol uchun sprey, atir, kraxmal, yumshatgich — hech biri mumkin emas. Bularning hammasi qurilmani buzadi.
- Muzlatgich, konditsioner yoki kir quritgichdan yig'ilgan suvni ishlatmang — tarkibida organik moddalar bor va ular ichkarida qotib qoladi.
💡 MASLAHATLAR
- Ishlatib bo'lgach suvni albatta to'kib tashlang. Bakda qolgan suv ohak yig'ilishini tezlashtiradi va bir necha kunda bakteriya ko'payadi. BM-517 va BM-519 da pastdagi drenaj klapanini burab, asosiy blokdagi suvni ham to'kish kerak.
- Qurilmani saqlashdan oldin kamida 30 daqiqa sovuting. Issiq holda yig'ib qo'ysangiz ichkarida bug' kondensatsiyalanadi va zang paydo bo'ladi.
- BM-517 va BM-519 da ichki qozonni vaqti-vaqti bilan tozalang. Usuli: qurilmaga 50 ml oq sirka va suv quying, 30 daqiqa ishlatib turing, keyin o'chirib, ichidagi suyuqlikni to'kib tashlang va toza suv bilan bir necha marta chayib chiqing.
- Bug' shlangini bukmang va yerga qo'ymang. Shlang bukilganda ichida bug' kondensatsiyalanadi — natijada shovqin ko'payadi, bug' kamayadi va nasadkadan suv tomchilashi mumkin. Shlangni doim yuqorida, gorizontal chiziqdan baland tuting.
- Agar nasadkadan suv tomchilayotgan bo'lsa — qurilma hali to'liq qizib ulgurmagan. Yana bir necha soniya kutib turing.
- Bug'lash paytida yengil g'uvillash eshitiladi — bu normal, nasos ishlayotganini bildiradi. Agar shovqin keskin kuchayib, bug' to'xtasa — bakda suv tugagan.
- Metall qismlarga (zamok, tugma, zanjir) bug' bermang.
- Vannaxonada ishlatmang va saqlamang. Doimiy namlik elektronikani buzadi.
- Yerga ulangan (uch simli) rozetkadan foydalaning. Bu instruksiyada talab qilingan.
- BM-517 va BM-519 da dazmollash taxtachasi shtanga eng past holatda bo'lganda o'rnatiladi. Baland holatda o'rnatilsa qurilma ag'darilib ketishi mumkin. O'rnatish balandligi 80 sm dan oshmasligi kerak.
- Bug'lashdan oldin kiyimning yorlig'iga qarang. Agar dazmol belgisi ustidan chizilgan bo'lsa — bu kiyimni bug'lab ham bo'lmaydi.
- Sviter va trikotajni tortmang. Bug' berayotganda mato yumshaydi, shu paytda tortsangiz cho'zilib qoladi.
- Bug'ni birinchi marta ishlatganda kiyimga qaratmang. Teshiklardan ishlab chiqarish qoldiqlari chiqishi mumkin. Avval eski matoda sinab ko'ring.