"Baxt — eng yaxshi universitetdir", — degan edi Pushkin. Bu nimani anglatadi? Bola ulg‘ayar ekan, u ota-ona mehrini doimo his qilib turishi kerak; shundagina u baxtli bo‘ladi va voyaga yetganida jamiyatga moslashgan, barkamol inson sifatida hayotga qadam qo‘yadi. Ota-onalar ko‘pincha bolaning mehrni o‘ziga xos tarzda — kattalarnikidan farqli o‘laroq — qabul qilishini anglamay, bilmasdan uni baxtsiz qilishlari mumkin. Aynan shu holat itoatsizlik, o‘qishdagi past natijalar va hatto ichga yutilgan tajanglikning asl sababchisi bo‘lishi mumkin. Ushbu kitob farzandingiz qalbiga olib boruvchi muhim va chinakam to‘g‘ri yo‘lni topish hamda o‘zaro tushunishga erishish borasida sizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.

