Farzandingiz yozishni oson va chiroyli o‘rganishi uchun mo‘ljallangan husnixat daftari! 4 xil yo‘nalishdagi mashqlar orqali bola yozuv, harf shakli va qo‘l harakatini mukammal rivojlantiradi.
Ushbu husnixat daftari bolalarning yozuv ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun yaratilgan. Daftar ichida 4 xil yo‘nalishda mashqlar mavjud bo‘lib, bola asta-sekin harflarni to‘g‘ri yozishni, chiziqlarni tekis chizishni va qo‘lni boshqarishni o‘rganadi.
To‘plam ichidagi maxsus ruchka va yozuv siyohi o‘chib ketuvchi bo‘lib, bolaga qayta-qayta mashq qilish imkonini beradi. Bu esa tezroq o‘rganishga yordam beradi.

