Mixail Litvakning oddiy deb atash mumkin bo‘lgan birorta ham kitobi bo‘lmagan. Muallifning jo‘shqin uslubi hech kimni befarq qoldirmaydi! Ushbu kitobda har bir ota-ona bilishi lozim bo‘lgan bolalar tarbiyasiga oid umumiy — va ba’zan paradoksal — tamoyillar jamlangan. Ma’lum bo‘lishicha, bolalar ko‘pincha ota-ona e’tiborining yetishmasligidan emas, balki uning haddan tashqari ko‘pligidan aziyat chekarkanlar! Shunday ekan, agar farzandlaringizga baxtli kelajak tilasangiz, ularni imkon qadar tezroq o‘z holiga qo‘ying!

