Kidilo KD616 — chaqaloqlar va kichik bolalar uchun ko‘p funksiyali ovqatlantirish stuli. Stul 7 xil balandlikda sozlanadi, bolaning yoshiga va foydalanish joyiga moslashtirish mumkin. Orqa suyanchig‘i 3 xil holatda sozlanadi va yotqizish imkoniyati mavjud.
Stulning asosiy afzalliklaridan biri — 2 tasi 1 da kacheliya funksiyasi. O‘rindiq tagidagi maxsus tortqichni tortib, stulni ovqatlantirish holatidan kacheliya holatiga o‘tkazish mumkin. Kacheliya funksiyasida stul qo‘l yordamida tebratiladi.
Ovqatlantirish stolchasi oldinga va orqaga suriladi. Stol ustida qo‘shimcha olinadigan qavat mavjud bo‘lib, uni yechib tozalash mumkin. Plastik stolchani ham olib tashlash mumkin.
Xavfsizlik kamarlari bolaning stulda xavfsiz o‘tirishini ta’minlashga yordam beradi. Geliyli g‘ildiraklar tormoz bilan jihozlangan, shu sababli stulni uy ichida qulay ko‘chirish va kerakli joyda mahkamlab qo‘yish mumkin.
O‘rindiqda bolaning qulayligi uchun yumshoq to‘shak mavjud. Qoplamasi yechiladi va tozalash qulay. Stul ixcham tarzda yig‘iladi va saqlash hamda tashish uchun qulay.
Yosh: 6–36 oy
Maksimal yuklama: 15kg
Balandlik: 7 holatda sozlanadi
Orqa suyanchiq: 3 holatda sozlanadi
Stolcha: olinadi va oldinga-orqaga suriladi
Xavfsizlik kamari: mavjud
G‘ildiraklar: tormozli
Kacheliya funksiyasi: mavjud
Qoplama: yechib tozalanadi
Brend: KIDILO
Model: KD-616
Ishlab chiqarilgan: Xitoy
⚠️ DIQQAT: Bolalar ovqatlantirish stuli asl zavod qadoqda keladi va foydalanishdan oldin yig‘ishni talab qiladi.

