Bolalar uchun ko‘p funksiyali sirpanchiq va arg‘imchoq majmuasi farzandingizning faol va maroqli vaqt o‘tkazishi uchun ajoyib tanlov.
Majmua sirpanchiq, arg‘imchoq va basketbol o‘yin elementlarini birlashtiradi. 160 cm uzunlikdagi 3 bosqichli sirpanish yo‘lagi tushish tezligini yumshatishga yordam beradi. Keng va barqaror konstruksiya esa o‘yin vaqtida qulaylik yaratadi.
Arg‘imchoq xavfsizlik to‘sig‘i va oyoq tayanchi bilan jihozlangan. Uning holatini bolaning ehtiyojiga qarab sozlash mumkin. Basketbol halqasi esa bolaga harakat qilish, nishonga to‘p otish va faol o‘ynash imkonini beradi.
Mahsulot mustahkam HDPE plastikdan tayyorlangan, BPA saqlamaydi. Silliq va yumaloqlangan qismlari bolalar foydalanishi uchun qulay. Yuzasi oson artiladi va tozalanadi.
Bolalar sirpanchig‘i va arg‘imchoq majmuasi uy, bolalar xonasi yoki hovlida foydalanish uchun mos. Bir majmuada bir nechta o‘yin imkoniyati — farzandingiz uchun yanada ko‘proq harakat va quvonch ulashuvchi bolalar o'yinchoqlari !





