Ushbu ortopedik yostiqcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning bosh va bo‘yin qismi to‘g‘ri shakllanishini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Anatomik chuqurchaga ega dizayni tufayli chaqaloq boshi bir tomonga qiyshayib qolishining oldini olishga yordam beradi va uyqu vaqtida maksimal qulaylik yaratadi.
Yostiqchani tekis yuzaga (krovat, beshik yoki aravacha) joylashtiring. Chaqaloq boshini markazdagi chuqurchaga to‘g‘ri keladigan qilib yotqizing. Mahsulot kundalik uyqu, dam olish va sayr vaqtida foydalanish uchun mos.







