Kosmik uslubdagi bolalar uchun uvlajnitel — havoni namlantirish va xonaga yoqimli atmosfera yaratish uchun mo‘ljallangan zamonaviy qurilma. Ichidagi yulduz va sayyora dizayni hamda rangli LED yoritgichi bolalar xonasiga ertaknamo va cozy muhit beradi.
Uvlajnitel havoni namlantirib, quruq havodan keladigan noqulaylikni kamaytirishga yordam beradi. Yumshoq va rangli yoritish esa tungi svetilnik sifatida ham foydalanish imkonini beradi. Qurilma juda tinch ishlaydi, shu sababli uxlash vaqtida ham bezovta qilmaydi.
Kompakt va chiroyli dizayni bilan stol, tumba yoki javonda ajoyib ko‘rinadi. USB orqali quvvatlanadi va foydalanish juda oson. Bolalar xonasi, yotoqxona yoki sovg‘a uchun ideal variant.
Afzalliklari:
• Kosmik dizayn
• Rangli LED yoritish
• Havoni namlantirish funksiyasi
• Tungi svetilnik sifatida ishlaydi
• Shovqinsiz ishlash
• USB orqali quvvatlanadi
• Bolalar xonasi uchun ideal
• Chiroyli va zamonaviy ko‘rinish

