




Farzandingizga sayr davomida unutilmas quvonch va qulaylik hadya eting! Ushbu bolalar uch gildirakli velosipedi — faol bolajonlar va g‘amxo‘r ota-onalar uchun ajoyib tanlov. Velosiped uchish nafaqat quvonch baxsh etadi, balki salomatlikni ham mustahkamlaydi: harakat koordinatsiyasi, mushak tizimi, vestibulyar apparat va qomatni rivojlantiradi, shuningdek, immunitetni oshiradi.Buriladigan o‘rindiq tufayli siz bolani ham o‘zingizga qaratib, ham harakat yo‘nalishi bo‘ylab sayr qildirishingiz mumkin. Mustahkam, ammo engil rama hamda gelli g‘ildiraklar har qanday yo‘lda yumshoq harakatlanishni ta’minlaydi. Ota-onalar qulayligi uchun teleskopik boshqaruv dastagi (ruchka), bola uchun esa sozlanuvchi suyanchiq, quyoshdan himoya qiluvchi soyabon va yuvishga qulay yechiladigan yumshoq g‘ilof ko‘zda tutilgan. Xavfsizlikni yechiladigan bamper ta’minlaydi, qulay oyoq tayanchlari va stakan ushlagich esa sayrni yanada yoqimli qiladi.

