Qiz bolalar uchun qulay va yumshoq pijama to'plami
Farzandingizning shirin va xotirjam uyqusi uchun maxsus gʻamxoʻrlik bilan yaratilgan bolalar pijama toʻplami. Ushbu toʻplam kalta yengli futbolka va qulay shimdan iborat boʻlik, nafaqat tungi uyqu uchun, balki kun davomida uyda kiyib yurish uchun ham juda mos keladi. Yorqin pushti rang va bolajonlarning sevimli multfilm qahramoni tasviri qizalogʻingizga birinchi koʻrishdanoq quvonch bagʻishlaydi.
Nima uchun aynan ushbu uy kiyimi to'plamini tanlashadi?
- Tabiiy va xavfsiz material: Yumshoq va yuqori sifatli paxta (xlopok) matosidan tikilgan. Bola terisi nafas oladi, qizib ketmaydi va allergiya chaqirmaydi.
- Erkin harakatlanish: Erkin bichim bolaning faol harakatlariga xalaqit bermaydi. Shimidagi elastik rezinka belni siqmaydi va juda qulay turadi.
- Sifatli va chidamli print: Kiyimdagi multfilm tasvirlari zamonaviy texnologiyalar asosida tushirilgan boʻlib, koʻp marta yuvilganda ham rangi oʻchmaydi va yorilib ketmaydi.
- Universal mavsumiylik: Bahor, yoz va kuz fasllarida uy ichida kiyish uchun ideal tanlov.
Parvarish qilish bo'yicha tavsiyalar
Kiyim uzoq vaqt oʻzining dastlabki koʻrinishi va yumshoqligini saqlab qolishi uchun uni 30°C haroratda, kir yuvish mashinasining nozik (delikatniy) rejimida, teskari tomonga oʻgirgan holda yuvish tavsiya etiladi. Oqartiruvchi vositalardan foydalanmang.