Bolalar uchun trikotaj ishtonchalar — uyda, sayrda va kundalik kiyishda foydalanish uchun qulay tanlov.
Yumshoq va yoqimli mato bolaning harakatlanishi vaqtida qulaylik yaratadi. Ishtonchaning beli rezinkali bo‘lib, bolaga qulay o‘tiradi va kiyishni osonlashtiradi.
Turli rang va modellari mavjud. Ayrim modellar pastki qismi manjetli, kichik bolalar uchun mo‘ljallangan ayrim modellar esa oyoqchasi yopiq, paypoqchali ko‘rinishda.
Afzalliklari: • yumshoq va yoqimli mato;
• qulay bichim;
• rezinkali bel qismi;
• bolaning harakatini cheklamaydi;
• uyda va kundalik kiyish uchun mos;
• o‘g‘il va qiz bolalar uchun mos;
• turli ranglar mavjud.
Ishtonchani bodi, futbolka, kofta va boshqa bolalar kiyimlari bilan bemalol uyg‘unlashtirish mumkin.
Razmerni bolaning bo‘yi va gavdasiga moslab tanlang.

