- Shinam plyush djemper (kofta) — klassik yumaloq yoqali va erkin bichimli bo‘lib, yenglari hamda pastki qismida elastik yumshoq jiyaklari (rezinalari) mavjud. Oq-qora gorizontal yo‘l-yo‘l (polosatiy) dizayni kiyimga juda zamonaviy va bejirim ko‘rinish beradi.
- Yumshoq djoger shim — koftaga mos uslubda ishlangan bo‘lib, yon tomonlarida qulay cho‘ntaklari bor. Belidagi keng elastik rezina shimni qorinda qattiq siqmasdan qulay ushlab turadi, pastki qismidagi jiyaklari esa ichkariga sovuq havo kirishidan asraydi.
Ushbu to‘plam juda amaliy: undan issiq uy kiyimi, salqin kechalarda uxlash uchun shinam pijama yoki sayr va bog‘chaga kiyish uchun kundalik kiyim sifatida foydalanish mumkin. Plyush materiali oson parvarish qilinadi — tivitsiz (katishkasiz), rangi o‘chmaydi, tez-tez yuvishga chidamli va juda tez quriydi. Farzandingizga chinakam mayinlik va iliqlikni hadya eting!