Qulay va zamonaviy oq rangli bolalar vodolazkasi — o‘g‘il bolalar va qizlar uchun mos universal bazaviy kiyim. Oq rang jinsi shim, klassik shim, yubka, sarafan, nimcha va boshqa bolalar kiyimlari bilan oson uyg‘unlashadi.
Vodolazka yumshoq va tanaga yoqimli interlok matosidan tayyorlangan. 100% tabiiy paxta bolaga kun davomida qulaylik yaratadi va matoning havo o‘tkazishiga yordam beradi.
Baland yoqasi bo‘yinni yaxshi yopib turadi, uzun yenglari esa salqin ob-havo uchun qulay. Bog‘cha, maktab, sayr, bayram va kundalik kiyish uchun juda mos.
📏 O‘lcham / bo‘y:
O‘lcham tanlashda bolaning bo‘yiga qarab tanlashni tavsiya qilamiz.

