• Mustahkam va xavfsiz plastik konstruksiya
• Bolani ushlab turuvchi olinadigan tarmoq-gamak
• Tashish uchun qulay yon tutqichlar
• Oson tozalanadi va tez quriydi
• Cho‘milish va parvarish uchun universal to‘plam
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun cho‘milish nabori – xavfsiz, sifatli va qulay
Ushbu to‘plam chaqaloqlarni parvarish qilishni yengillashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Nabor tarkibiga quyidagilar kiradi:
🛁 Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun cho‘milish nabori
To‘plam chaqaloqlarni parvarish qilishda yengillik yaratadi. Ichiga 35 litrlik katta vanna tog‘ora, 7 litrlik qopqoqli chelak, bolalar uchun gorshok, cho‘milish uchun gamag va kichik tog‘oracha kiradi. Katta tog‘ora keng, chuqur, chaqaloqni bemalol cho‘miltirish mumkin. Qopqoqli chelak suv tayyorlash va saqlash uchun qulay. Gorshok sirpanmas taglikka ega, bolaning o‘rganishiga mos. Gamag vannaning ichiga joylashtiriladi, chaqaloq xavfsiz yuviladi. Kichik tog‘oracha dastlabki oylar uchun mos, qo‘shimcha gigiyena vositalari bilan ishlatish mumkin.
Barcha buyumlar sifatli, xavfsiz, BPA moddasiz plastmassadan tayyorlangan. Yengil, tozalash oson, chaqaloq terisiga zarar yetkazmaydi. Rangli dizayni bolaning e’tiborini tortadi. Har bir detali ona va bolaga qulaylik yaratishga mo‘ljallangan. Ushbu nabor chaqaloq parvarishida zarur bo‘lgan barcha asosiy buyumlarni o‘z ichiga oladi. Kundalik foydalanishda ishonchli yordamchi bo‘lib xizmat qiladi.

