1–5 yoshli bolalar uchun zamonaviy ikki qismli sport kostyum — kundalik kiyim uchun qulay tanlov. To‘plam huddi va mos sport shimdan iborat. Huddi kapyushonli, old qismida qulay keng cho‘ntagi, yeng va pastki qismida rezinkali manjetlari mavjud. Shim esa rezinkali bel qismi, yon cho‘ntaklari va pastki qismida manjet bilan tayyorlangan.Bolalar sport kostyumi uyda, sayrda, bog‘chada, o‘yin paytida va kundalik faoliyatda kiyish uchun mos. Ikki qismli dizayn kiyimlarni alohida-alohida ham kombinatsiya qilish imkonini beradi. Sport uslubidagi ko‘rinishi bolalarga zamonaviy va chiroyli obraz yaratishga yordam beradi.

